Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish bo‘yicha muzokaralar kechiktirilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 23:00
Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadlardan foydalanish orqali Ukrainaga 50 milliard dollar ajratish bo‘yicha muzokaralar kechiktirilmoqda.

Bu haqda Euractiv xabar berdi.

Portalga ko‘ra, bunga AQShning Yevropa Ittifoqi joriy qilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzoqroq muddat saqlanib qolishi kafolatini talab qilgani sabab bo‘lgan.

"G‘arb Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olinadigan tushumlardan foydalanib, Ukrainaga 50 milliard dollarlik yordam ajratishni nazarda tutuvchi kelishuvning texnik tafsilotlarini kelishib olishda kechikishlarga duch kelmoqda. Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatning bir ovozdan Rossiyaga qarshi sanksiyalarini har olti oyda bir marta uzaytirishi kerakligini hisobga olib, Vashington sanksiyalar mexanizmini bir yil yoki undan ko‘proq davrga o‘tkazishni o‘z ichiga olgan uzoq muddatli kafolatlar so‘radi", deb yozmoqda Euractiv.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati