Janubiy Koreya Osiyoda birinchi bo‘lib iqlim qonunini konstitusiyaga zid deb tan oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 22:54
Koreya Respublikasi Konstitusiyaviy sudi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha hukumat tomonidan tasdiqlangan rejalarni Asosiy qonunga mos kelmaydigan deb atadi. Bu Osiyo davlatlari orasida birinchi marta shunday sud qaroridir.

Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Konstitusiyaviy sud uglerod neytralligi to‘g‘risidagi milliy qonunni xalqning asosiy huquqlariga zid deb topdi.

Respublika hukumati 2030 yilga kelib uglerod chiqindilarini 2018 yilga nisbatan 40 foizga kamaytirishga va’da bergan, biroq 2031 yildan 2049 yilgacha bo‘lgan davr uchun maqsadlarni belgilamagan. Mamlakat oliy sudiga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati iqlim o‘zgarishiga qarshi yetarlicha choralar ko‘rmay, odamlar huquqlarini poymol qilmoqda.

Agentlikning ta’kidlashicha, sud o‘z hukmini faollarning hukumatning iqlim inqiroziga yetarlicha javob bermayotgani ularning huquqlariga zid ekani haqidagi shikoyatlari asosida chiqargan. Shu bilan birga, sud faollarning ayrim da’volarini rad etdi. Da’vogarlarning fikricha, 2030 yilga qadar emissiyalarni kamaytirish maqsadlari ham etarli emas, ammo sudyalar bunga rozi emas, deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, bundan buyon respublika hukumati va Milliy assambleya (parlament) 2026 yilning 28 fevraliga qadar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha yanada qat’iy choralar ko‘rishi kerak.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati