Germaniya noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar paketini kelishib oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 22:52
Solingendagi terakt munosabati bilan Germaniya hukumati noqonuniy migrasiya va potensial xavfli xorijliklarga qarshi kurash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar paketini, shuningdek, qurol sotib olish, saqlash va olib yurish qoidalarini qat’iylashtirishga kelishib oldi.

Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Nensi Fezer matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Chera-tadbirlar, xususan, Germaniyaga kelgan, avvalroq Yevropaning boshqa davlatlarida ro‘yxatdan o‘tgan muhojirlar ularni qaytarib olishga rozi bo‘lgan taqdirda, bunday qochoqlar faqat eng zarur oziq-ovqat joy oladi. Uxlash, gigiyena vositalari, naqd pul va to‘lov kartalari bilan ta’minlanmaydi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, hukmron koalisiya jamoat joylarida tig‘li qurol olib yurish qoidalarini qat’iylashtirish, xususan, bayram kunlari, sport tadbirlari, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, bozorlar va jamoat transportida olib yurishni taqiqlashga kelishib oldi.

Nashrning yozishicha, qurol olib yurish uchun ruxsatnoma oluvchilarga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi, shuningdek, o‘tish moslamalarini to‘liq taqiqlash ham rejalashtirilgan.

Federal Jinoyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida Germaniyada pichoq yordamida 11 ta terakt sodir etilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati