Ziraat bank rublda operasiyalar o‘tkazishni to‘xtatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 22:48
Turkiyada davlatga tegishli bo‘lgan va aktivlari bo‘yicha mamlakatda birinchi o‘rindagi Ziraat banki Rossiya rublidagi operasiyalarini to‘xtatmoqda.

«RIA Novosti»ning bank vakiliga tayanib yozishicha, Ziraat hech qanday tushuntirishsiz rublda hisobraqam ochishni to‘xtatgan va mavjud hisoblari bo‘lgan mijozlarga rus valyutasini turk lirasiga konvertasiya qilish taklifini bildirgan.

Bunga qadar bankda rubl orqali operasiyalarni Turkiyada yashash guvohnomasiga ega yoki mamlakatda o‘qiydigan va ishlaydigan mijozlar amalga oshira olar edi. Ammo endi Turkiyada o‘z biznesini yuritayotgan ruslar Rossiya valyutasida hisobraqam ochishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning boshqa davlat banklari ham Ziraat kabi siyosat yuritmoqda, ayrim xususiy kredit tashkilotlarigina rublda hisobraqam ochishni davom ettiryapti.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati