Tez kunda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yana bir bojxona posti ochiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 22:36
O‘zbekiston va Qirg‘iziston bojxona xizmatlari rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlari ikkala davlatni tutashtiruvchi “Uchqo‘rg‘on”-“Kensoy” chegara bojxona postlaridagi qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov hamda Qirg‘iziston Respublikasi Davlat bojxona xizmati Raisining birinchi o‘rinbosari Ulan Kimsanov bir necha kunlardan so‘ng foydalanishga topshirilishi va ochilishi kutilayotgan mazkur postlar nafaqat Namangan va qo‘shni davlatning Jalolobod viloyatlari aholisi farovonligini oshirishga hissa qo‘shishi, balki butun Farg‘ona vodiysida tashqi savdo yuklari harakatida yangi davrni boshlab berishini ta’kidladilar.

“Uchqo‘rg‘on” chegara-bojxona posti geografik jihatdan bevosita Qirg‘iziston Respublikasining “O‘sh-Bishkek” dovon avto yo‘liga yaqin hisoblanadi. Xorijiy va milliy tashuvchilar eng qisqa va qulay yo‘nalish orqali vodiy viloyatlaridan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarining nafaqat chegaradosh, balki xorijiy davlatlarga eksporti yanada tezlashadi.

Post faoliyati bilan tanishuv jarayonida qurilish sifatiga haydovchilar va yo‘lovchilar manfaaatlaridan kelib chiqib yondashish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati