YECHLning umumiy bosqichiga qur’a tashlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 22:18
Bugun Monakoda Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ilk bor yangi formatda o‘tkaziladigan turnirda 36 ta klub ishtirok etadi. Ular to‘rt savatga taqsimlanadi (ularning tarkibi quyida keltirilgan).

Umumiy bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 ta o‘z maydonida, 4 tasi mehmonda. Har bir klub uchun 8 ta raqib tanlanadi (har bir savatchadan 2 tadan).

Umumiy jadvalda 36 ta klubning barchasi joy olgan. Dastlabki 8 o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 bosqichga chiqadi. 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar juftlik pley-off bosqichida o‘ynaydi. 25-o‘rindan 36-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar uchun Yevropa mavsumi yakunlanadi.

Yakuniy taqvim va o‘yinlarning boshlanish vaqtlari keyinroq - 31 avgust kuni e’lon qilinadi.

«Manchester Siti» raqiblari: «Inter», «PSJ», «Bryugge», «Yuventus», «Feyenoord», «Sporting», «Sparta», «Slovan».
«Inter» raqiblari: «RB Leypsig», «Manchester Siti», «Arsenal», «Bayer», Srvena Zvezda», «Yang Boyz», «Monako», «Sparta» Praga.
«Bavariya» raqiblari: «PSJ», «Barselona», «Benfika», «Shaxter», «Dinamo» Zagreb, «Feyenoord», «Slovan», «Aston Villa».
«RB Leypsig» raqiblari: «Liverpul», «Inter», «Yuventus», «Atletiko», «Sporting», «Seltik», «Aston Villa», «Shturm».
«Borussiya» Dortmund raqiblari: «Barselona», «Real Madrid», «Shaxter», «Bryugge», «Seltik», «Dinamo» Zagreb, «Shturm», «Bolonya».

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati