Kubarsi La Ligada e’tirof etildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 23:38
"Barselona" himoya chizig‘ining yosh iqtidori Pau Kubarsi o‘tgan mart oyida La Liganing eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi.

Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi. Nominasiyada faqat 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etishdi.

Kubarsi endigina 17 yoshda, ammo bu yigit joriy mavsumda "Barsa" tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va hattoki Chempionlar ligasi o‘yinida ("Napoli"ga qarshi) o‘ynash imkoniga ega bo‘ldi.

Umumiy hisobda u uchrashuvlarda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt allaqachon "Barselona" tarbiyalanuvchisini 25 million yevroga baholamoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati