Polshaning harbiy xarajatlari rekord darajaga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 21:42
2025 yilda Polsha harbiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 4,7 foizigacha — taxminan 58,3 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.

Kelajakda Polsha armiyasi 300 ming kishigacha o‘sishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mamlakat Rossiya va Belarus bilan chegaralarida mudofaani kuchaytirmoqda, o‘z harbiy ishlab chiqarishini ko‘paytirmoqda hamda AQSh va Janubiy Koreyadan qurol sotib olishni oshirmoqda.

Ayni paytda Polsha Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari orasida harbiy xarajatlar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bunday qaror Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, Moskva va Minskning doimiy tahdidlari bilan bog‘liqligi aytilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati