Gresiyada bir haftadan beri o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 21:12
Gresiyaning Kavala shahridagi Pangeon tog‘ida joriy yilning 22 avgust kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari 7 kundan beri davom etmoqda. Bu haqda Ekathimerini nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gresiyaning shimoli-sharqidagi Pangeon tog‘ining chekka hududidagi o‘rmon yong‘ini ketma-ket yettinchi kun yonishda davom etib, o‘rmon va cho‘llarni vayron qilgan. Nashrga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun 280 nafar o‘t o‘chiruvchi, 46 ta o‘t o‘chirish mashinasi, 3 ta vertolyot va 3 ta samolyot safarbar etilgan. Bugungi kunga qadar 13 ming gektarga yaqin o‘rmonlar kulga aylangan.

Yong‘in 22 avgust kuni Avgo cho‘qqisi etagidagi o‘rmon hududida, 1500 metrdan ortiq balandlikda sodir bo‘lgan.

Evropa Ittifoqining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha agentligi Copernicus ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba kuni tushdan keyin yong‘in 13,41 kvadrat kilometr maydonni qamrab olgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati