Metroga yaqin oliygohlarda dars kechroq boshlanadimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 20:22
Tirbandlikning oldini olish uchun Toshkent shahridagi 27ta oliygohda dars boshlanish soatlari jadvali tuzildi.

Toshkent shahridagi 27ta OTMda dars boshlanish soatlari ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, metroga yaqin OTMlarda darslar 1,5 soatlik farq bilan 8:00-9:30 oralig‘ida boshlanadi. Vazirlik buning sababini metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish bilan izohlagan.



OTMlarda dars boshlanish soatlari jadvali

Ma’lumot uchun, 2024/2025 o‘quv yilida respublika OTMlarida darslar 9-sentyabr kunidan boshlanishi e’lon qilindi. Oldin bu 4 sentyabrga to‘g‘ri kelar edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati