Shoyguning yana bir sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 19:32
Rossiya mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari Pavel Popovga nisbatan firibgarlik (RF JK 159-moddasi, 4-qismi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.

Rossiyaning TASS va «Interfaks» agentliklari qo‘mitaga asoslanib, sobiq mulozim qo‘lga olingani haqida yozishgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Popov 2021–2024 yillarda «Patriot» parki hisobidan boylik orttirgan, u sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoyguning o‘rinbosari sifatida ushbu park rivojlantirilishi va faoliyati uchun mas’ul edi. Tergov qo‘mitasi tasdiqlashicha, Popov qo‘li ostidagi xodimlar orqali «Patriot» parkida qurilish ishlarini olib borgan kompaniyalarni «o‘zining shahar tashqarisidagi mulklarida pul to‘lanmagan holda qurilish-montaj ishlarini bajarish»ga majbur qilgan.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Popov uy qurilishi yakunlanganidan keyin park mablag‘lari hisobidan «o‘zining uch gektarga yaqin maydondagi uchastkasining texnik va xo‘jalik ta’minotini davom ettirgan».

Tergov qo‘mitasi qayd etishicha, Popov va uning oilasi a’zolari Moskva shahri, Moskva oblasti va Krasnodar o‘lkasida «ko‘p sonli ko‘chmas mulk ob’ektlari»ga egalik qiladi, oilaga tegishli mulklarning jami qiymati 500 mln rubldan ortiqni tashkil etadi.

Qo‘mitaga ko‘ra, Pavel Popov parkning avgust oyi boshida qo‘lga olingan direktori Vyacheslav Axmedov va RF mudofaa vazirligi Innovasion rivojlanish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Shesterov bilan til biriktirgan.
23 iyul kuni «Patriot» parkida tintuv o‘tkazilgandi.
Joriy yil iyuni o‘rtalarida Pavel Popov mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan va harbiy xizmatdan bo‘shatilgandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati