Afg‘onistonda ISHID o‘chog‘imi? “Tolibon” rasmiysi bunga oydinlik kiritdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 18:32
Afg‘oniston Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshlig‘i Fasihuddin Fitrat bugun (chorshanba) Media Markazida bo‘lib o‘tgan dastur chog‘ida Pentagonning ISHID borligi haqidagi da’vosini va Pokiston Bosh vazirining Afg‘onistondagi TTP faoliyatiga oid so‘nggi bayonotlarini rad etdi.

Mudofaa vazirligi shtab boshlig‘i Afg‘oniston hududi hozirda xavfsiz va hech bir davlatga, jumladan qo‘shnilariga qarshi foydalanilmasligini ta’kidladi.

“Islomiy davlat Afg‘onistonda butunlay yo‘q qilingan va hozirda mavjud emas. E’lon qilingan da’volar asossiz”, dedi Fitrat.

Bosh shtab boshlig‘i TTPning Afg‘onistonda bazalari yo‘q, davlatlar Afg‘oniston hududidan qo‘rqmasliklari kerakligini qo‘shimcha qildi.

U yana shunday dedi: «Barchamiz bilamizki, TTP Pokistonda aniq bazalarga ega va u yerdagi hududlarni nazorat qiladi. Ular u yerdan Pokiston harbiy kuchlariga qarshi operasiyalarni boshlaydilar».

Avvalroq Pokiston Bosh vaziri Shehbaz Sharif va Pentagon havo kuchlari vakili general Patrik Rayder Afg‘onistonda «Tehrik-i-Taliban Pakistan» (TTP) va ISHID faol ishtirok etayotganini da’vo qilgan edi.
27 avgust kuni Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder Afg‘onistonda ko‘plab terrorchi guruhlar borligini aytdi. U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi «Islomiy davlat»ning bir shoxobchasi bo‘lgan «Xurosondagi Islomiy davlat» guruhi tahdidlarini kuzatishda davom etayotganini ta’kidladi.
Islom Amirligi Ichki ishlar vazirligi ham kecha (seshanba) yillik hisobot dasturida ISHIDning Afg‘onistondagi faoliyati nolga yetganini va bu borada xavotirda bo‘lgan mamlakatlarda ISHIDning Afg‘onistonda mavjudligiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati