Shtutgart o‘z futbolchisiga Bavariya tomonidan qiziqish bo‘lganini rad etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 23:24
Germaniyaning "Shtutgart" klubi "Bavariya" tomonidan hujumkor o‘yinchi Kris Fyurixga qiziqish bo‘lganini rad etdi. "Futbolchilarimizga top-klublar ham qiziqish bildirayotgani meni ajablantirmaydi. Ammo Fyurix masalasida na futbolchi, na klub men bilan bog‘lanmadi, shuning uchun men bu mish-mishlarga qo‘shimcha izoh bera olmayman", dedi klub sport direktori Fabian Volgemut Sky Germany nashriga. Avvalroq 26 yoshli vinger "Bavariya"ning e’tiborini tortgani haqida xabar berilgandi. Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi o‘z klubi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati