Pavel Durov yana nimadan mahrum bo‘ldi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 17:14
Shveysariyadagi bolalar va kattalarni himoya qilish tribunali Telegram asoschisi Pavel Durovni ota-onalik huquqidan mahrum etishga qaror qildi.

Bu haqda o‘zini tadbirkorning uch farzandining onasi deb ataydigan Irina Bolgar Instagram’da e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vasiylik organlari tadbirkor bilan bir necha bor bog‘lanishga harakat qilgan, ammo «u javob bermagan».

«Bolalar va kattalarni himoya qilish tribunali Jenevaning vasiylik organlari tomonidan o‘tkazilgan tergovni boshladi, natijada Durovni uchta farzandimizga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilishga qaror qildi», deb yozadi u.

Bolgarning so‘zlariga ko‘ra, vasiylik vakillari tadbirkor bilan bog‘lanishga ko‘p marta uringan, biroq u javob bermagan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor unga BAAga ko‘chib o‘tish uchun ultimatum qo‘yganidan keyin u Durovni ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun sudga murojaat qilgan.

Durov shuningdek, bank kartalarga kirishni to‘sib qo‘ydi, hisob-kitoblarni to‘lashni to‘xtatdi va shaxsiy aloqalarni uzdi, dedi u.
Durovning o‘zi bolalarning otasi ekanligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati