Anchelotti Valverde haqidagi savolga hazilomuz tarzda javob berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 16:44
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Los-Blankos" futbolchisi Federiko Valverde nechta gol urishi kerakligi haqidagi savolga hazil bilan javob berdi.

- Fede allaqachon ikkita gol urdi. Umuman undan qancha gol kutyapsiz?

- Men undan 30 so‘radim (kuladi)! Bu hazil, shunday deb o‘ylamang. Fede yaxshilanishda davom etmoqda va kundan-kunga ta’sirchan o‘yinchiga aylanib bormoqda. U endi shunchaki hujumchi emas, balki kiyinish xonasida ham yetakchi" - Anchelotti AS bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 avgust kuni La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Real" – "Las-Palmas" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin "Gran Sanaria" stadionida bo‘lib o‘tadi.

 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati