Trippyer Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 16:36
"Nyukasl" himoyachisi Kiran Trippyer Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 33 yoshli futbolchi "Uch sherlar"ning sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt, jamoadoshlari va muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

Bundan tashqari, Trippyer Li Karsli (vaqtinchalik murabbiy) va terma jamoaga kelgusi faoliyatida omad tiladi.

Kiran Trippyer 2017 yil iyun oyida Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan. O‘shandan beri himoyachi "Uch sherlar" safida 54 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan va jamoadoshlariga 5 ta golli uzatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionatida Angliya terma jamoasi finalgacha yetib borgan va u yerda Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati