Bundan 15 yil avval Ronaldu Realdagi debyut uchrashuvini o‘tkazgan edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 16:32
Bundan roppa-rosa 15 yil muqaddam, 2009 yilning 29 avgust kuni Krishtianu Ronaldu ilk bor “Real” safida rasmiy o‘yinda maydonga tushgan edi.

O‘sha kuni “Los-Blankos” “Deportivo”ga qarshi maydonga tushdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ronaldu penaltini aniq amalga oshirib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu 2009-2018 yillarda "Real"da o‘ynagan. Bu davrda portugaliyalik futbolchi 438 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 450 ta gol urgan va o‘z sheriklariga 131 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Hozirda 39 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida o‘ynamoqda. Forvardning amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati