Ramos ham Saudiya klubi bilan kelishuvga erishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 16:26
Himoyachi Serxio Ramos 2023/2024 yilgi mavsum yakunida "Sevilya"ni tark etdi. Endi tajribali futbolchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda.

Jurnalist Sasha Tavolyerining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, 38 yoshli Ramos "Al-Oruba" klubi safiga o‘tishga rozi bo‘lgan. Bu jamoa o‘tgan mavsum yakunida oliy divizionga chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Oruba" Saudiya Arabistoni chempionatida eng yaxshi start o‘tkaza olmadi. Dastlabki ikki turda jamoa ikki marta umumiy 1:4 hisobida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Bungacha Serxio Ramos faqat Yevropada o‘ynagan. Endi tajribali himoyachi o‘zini Yaqin Sharqda sinab ko‘radi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati