YECHL. Bugun qur’a 21:00da boshlanadi!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 15:52
Bugun Monakoda Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Ilk bor yangi formatda o‘tkaziladigan turnirda 36 ta klub ishtirok etadi. Ular to‘rt savatga taqsimlanadi (ularning tarkibi quyida keltirilgan).

Umumiy bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 ta o‘z maydonida, 4 tasi mehmonda. Har bir klub uchun 8 ta raqib tanlanadi (har bir savatchadan 2 tadan).

Umumiy jadvalda 36 ta klubning barchasi joy olgan. Dastlabki 8 o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 bosqichga chiqadi. 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar juftlik pley-off bosqichida o‘ynaydi. 25-o‘rindan 36-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar uchun Yevropa mavsumi yakunlanadi.

Yakuniy taqvim va o‘yinlarning boshlanish vaqtlari keyinroq - 31 avgust kuni e’lon qilinadi.
– 1-savatcha: «Real Madrid», «Manchester Siti», «Bavariya», «PSJ», «Liverpul», «Inter», «Borussiya» Dortmund, «RB Leypsig», «Barselona»;
– 2-savatcha: «Bayer», «Atletiko», «Atalanta», «Yuventus», «Benfika», «Arsenal», «Bryugge», «Shaxter», «Milan»;
– 3-savatcha: «Feyenoord», «Sporting», PSV, «Dinamo» Zagreb, «RB Zalsburg», «Lill», «Srvena Zvezda», «Yang Boyz», «Seltik»;
– 4-savatcha: «Slovan» Bratislava, «Monako», «Sparta» Praga, «Aston Villa», «Bolonya», «Jirona», «Shtutgart», «Shturm», «Brest».

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati