Ukraina masalasini muhokama qilinmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 15:30
Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Bryusselda Ukraina masalasini muhokama qilmoqda.

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari payshanba kuni Bryusselda yig‘ilib, Ukrainadagi urush, shuningdek, G‘azodagi urush va Venesueladagi bahsli prezidentlik saylovlarini muhokama qilmoqda.

Uchrashuv norasmiy, ya’ni vazirlar hech qanday rasmiy qaror qabul qilishlari kutilmaydi. Muzokaralarga Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Xosep Borrel raislik qiladi.

Uchrashuv dastlab Budapeshtda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq vazirlar iyul oyi boshida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuviga norozilik bildirish uchun uni Bryusselga ko‘chirishdi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba bilan Rossiya-Ukraina urushini muhokama qilish kun tartibidagi birinchi masala. Kuleba o‘z mamlakatiga qarshi Rossiya havo hujumlarining so‘nggi to‘lqini haqida hisobot berishi kutilmoqda.

Avvalroq Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha vakili Xosep Borrel a’zo davlatlarni Kiyevga ko‘proq harbiy yordam berishga chaqirgan va Germaniyada yordamning qisqarishi mumkinligi haqidagi xabarlardan xavotir bildirgan edi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati