Sanchoning Yuventusga o‘tish shartlari e’lon qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 15:20
So‘nggi paytlarda "Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoga Italiyaning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport o‘z sahifalarida xabar berishicha, Turin klubi 24 yoshli Sancho bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Boz ustiga, ushbu transferni amalga oshirish uchun "keksa sinyora" yana ikki futbolchini – yarim himoyachi Artur Melo va vinger Filip Kostichni sotishi kerak.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" Sanchoning ijara shartnomasida 2025 yilning yozida majburiy sotib olish varianti bo‘lishini istamoqda. Shu bilan birga, "qizil iblislar" muzokaralar jarayoni yakunlariga ko‘ra, bunday imkoniyatsiz ijaraga rozi bo‘lishlari mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati