Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Dehliga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 23:08

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Subrahmanyam Jayshankarning taklifiga binoan Hindiston poytaxti Dehliga tashrif buyurdi.

Kuleba X ijtimoiy tarmog‘ida muzokaralar chog‘ida Ukrainaning «tinchlik formulasi» ga alohida e’tibor berishini aytdi.

Ukrainalik vazirning Hindistonga tashrifi haqida birinchi bo‘lib hind ommaviy axborot vositalari manbalarga tayanib xabar tarqatdi. Xususan, The Hindu nashrining 19 mart kuni xabar berishicha, tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralarda, jumladan, Hindiston fuqarolarini Rossiya tomonidan Ukraina hududidagi harbiy amaliyotlarda qatnashish uchun yollash holatlari muhokama qilinishi kutilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati