OFK Ilyos Zeytullayevga tegishli diplomni A lisenziyasi darajasida deb topdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 13:46
"Bunyodkor" ustozi Ilyos Zeytullayev Italiya futbol federasiyasi tomonidan berilgan hamda 2025 yilning 31 dekabrigacha amal qiladigan murabbiylik diplomiga ega. OFK "Lisenziyalash reglamenti" va "Murabbiylik konvensiyasi" talabiga ko‘ra, mazkur diplom konfederasiya hududida qanday lisenziya bilan muqobil ekanligi aniqlanishi lozim.

O‘FA texnik direktori Gi Kiala tajriba va malaka mutanosibligini tan olish hamda mazkur masalaga aniq xulosa berishni so‘rab, OFK Texnik boshqarmasiga murojaat qilgandi. 28 avgust sanasida Texnik qo‘mita o‘z xulosasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Zeytullayevga tegishli bo‘lgan diplom OFKning A lisenziyasi darajasi bilan teng ekanligi qayd etildi.

Lisenziyalash talabiga ko‘ra, Superliga klubida bosh murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun mutaxassis Pro lisenziyasiga ega bo‘lishi lozim. Shundan kelib chiqib, "Bunyodkor" klubida bosh murabbiy sifatida Sergey Arslonov ro‘yxatdan o‘tkazilgan, Zeytullayev de fakto jamoani boshqarayotgan bo‘lsa-da, amalda u yordamchi murabbiy sifatida Liga ro‘yxatidan o‘tgan.

Liga Gi Kiala bilan murabbiylarni qayta o‘qitish yo‘nalishida hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Xususan, har ikki tomon yaqin istiqboldagi rejalar masalasida tez-tez fikr almashadi. Sababi Superliga va Proligani yanada rivojlantirish bevosita murabbiylar malakasi bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, OFK Pro lisenziyasiga navbatdagi o‘quv-kursi shu yilning 3 sentyabr sanasida Toshkentda start oladi. Ilyos Zeytullayev Pro lisenziyasi uchun talabgorlar ro‘yxatiga kiritilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati