Matteus: Jamoaning eng yaxshi himoyachisi bo‘lsa-da, Bavariya de Ligtni sotib yubordi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 13:36
Lotar Matteus Matteys de Ligtning sotilishini tanqid qildi.

Avgust oyida Myunxen klubi 25 yoshli niderlandiyalik markaziy himoyachini 45+5 million yevro evaziga “Manchester Yunayted”ga sotib yuborgandi.

"Himoya "Bavariya"ning tovondagi muammosi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

Matteys de Ligt so‘nggi ikki yil ichida eng barqaror himoyachi bo‘lishiga qaramay sotildi. U mudofaa boshlig‘i edi.

Agar u sotilmaganida, hech qanday muammo bo‘lmasdi. Lekin u haqidagi fikrim klubni boshqarayotganlarning fikridan farq qilsa kerak.

Bu qabul qilinishi kerak bo‘lgan qaror. Ammo ko‘pchilik, shu jumladan jamoadagilar ham shunchaki bosh chayqadilar.
Chunki o‘yinchilar ham himoyasi qaltirayotganini tushunishadi. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, eng yaxshi himoyachi sotiladi", — dedi myunxenlik sobiq futbolchi Lotar Matteus Sky Deutschland nashriga bergan intervyusida.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati