“Andijon” klubi bosh shifokori jarohat olgan va safga qaytgan futbolchilar haqida nima deydi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 13:22
Ma’lumki, ertaga O‘zbekiston Kubogi yarim final doirasida “Andijon” jamoasi “Bobur arena”da “Surxon”ni qabul qiladi. Hozirda barcha e’tibor bo‘lajak o‘yinga qaratilgan. Jamoa a’zolari ham butun e’tiborini yarim final uchrashuviga qaratishgan.

Oldin xabar berib o‘tilganidek, bir qator o‘yinchilar jarohatidan forig‘ bo‘lib yana asosiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildilar. Ayni paytdagi futbolchilar holati va jarohatidan forig‘ bo‘lganlar haqida klub bosh shifokori Salomxon Qosimov “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha ma’lumot berdi.

“Jamoamiz himoyachisi Islom Mamatkazin “Bunyodkor” bilan o‘yinda chap oyog‘ to‘pig‘idan jarohat olgandi. Reja asosida davolanish va tiklanish muolajalari olib borildi. Hozirgi kunda mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan ishtirok etmoqda. Jamoamizning yana bir asosiy himoyachilaridan, o‘ng qanot futbolchisi Abdulvohid G‘ulomov mashg‘ulotlar jarayonida o‘ng oyog‘idan jarohat olgandi. U bilan ham davolanish hamda tiklanish muolajalari olib borildi va endilikda to‘liq sog‘ayib asosiy mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti. Chap qanot legioner himoyachimiz Lyubisha Pesel esa “Bunyodkor”ga qarshi bahsda bel umurtqalari destorsiyasi bilan bezovta qila boshladi. Davolanish muolajalari to‘liq olib borildi va hozirgi kunda asosiy mashg‘ulotlarda qatnashyapti.

Xabaringiz bor, darvozabonimiz Igor Litovka ham “Bunyodkor” bilan uchrashuvda o‘ng yelkasidan jarohatlangandi. Tekshiruvlar natijasida qariyb uch haftalik davolanish rejasi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda individual mashg‘ulotlarga kirishgan. Xudo xohlasa, “Lokomotiv” bilan bo‘ladigan uy o‘yinimizga tayyor bo‘ladi. Qolgan o‘yinchilarimiz sog‘-salomat va barchasi ertangi uchrashuvga tayyor”, - deydi klub bosh shifokori.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati