Ozodbek Nazarbekov: Festivallar ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 12:24
Samarqand shahrida 26−30 avgust kunlari «Sharq taronalari» XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Uznews.uz`ning yozishicha, tadbir davomida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov «Sharq taronalari» va shu kabi festivallarni o‘tkazishdan qanday maqsad borligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Sizlar ko‘p savol berasizlar bizga: „Maqom“ festivali qilyapsizlar, „Baxshichilik“, „Hunarmandlar“ festivallari qilyapsizlar, bular kerakmi, undan ko‘ra asfalt qilgan yaxshimasmi, degan millionta har xil fikrlar bor. Lekin hozir bu kechirsiz-u, bitta ko‘chani asfalt qilgandan ko‘ra muhimroq. Chunki inson madaniyatiga tahdid bostirib kelyapti, shuning uchun bunaqa festivallarga 3−5 mlrd so‘m ishlatish, menimcha, inson kelajagini asrab qolishda juda muhim. Madaniyat vaziri sifatida asfaltdan ham muhimroq, boshqa narsalardan ham o‘ta muhim bo‘lgan masala, deb qarayman", — deya qayd etdi Ozodbek Nazarbekov.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati