Shaxmat. Abdusattorov AQSHda dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri ekanini namoyish etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 12:00
AQSHning Sent-Luis shahrida «Grand Chess Tour» musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan «Sinquefield Cup-2024» turnirining so‘nggi turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov g‘alabaga erishdi.

Mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysteri qatorida Nodirbek Abdusattorov bosh sovrin uchun kechgan kurashlarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.



Turnirning so‘nggi 9-turida hamyurtimiz oq donalarda musobaqaning ikkinchi raqamli shaxmatchisi, FIDE bayrog‘i ostida qatnashgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan kuch sinashdi.



Aytish lozim, turnirning ilk partiyalaridagi omadsizlik ayniqsa, 3-turda Fabiano Karuanaga imkoniyatni boy berishi Abdusattorovni biroz tushkun kayfiyatga tushirgani rost. Ammo 7-turdagi ishonchli g‘alaba hamda 9-turda rossiyalik shaxmatchini taslim etishi dunyoning oltinchi raqamli shaxmatchisi hisoblangan hamyurtimizning ushbu musobaqada 3-o‘rinni egallashini ta’minladi.
«Sinquefield Cup-2024»da mahoratli shaxmatchimiz 2 g‘alaba, 6 durang va 1 mag‘lubiyat bilan 5 ochko jamg‘argan holda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 3-o‘rindan joy oldi. To‘rtinchi pog‘onani egallagan Maksim VashYE-Lagrav (Fransiya) so‘nggi turda amaldagi jahon chempioni Din Lijenni mag‘lub etib, 5 ochkoli bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Aynan Abdusattorovni mag‘lub etgan Fabiano Karuana 9-turda oq donalarda Anish Girini yengishi ortidan ochkolari sonini 5,5 taga yetkazib, musobaqani 2-o‘rinda yakunladi.
O‘tkazilgan shiddatli kurashlar sarhisobiga binoan «Sinquefield Cup-2024» bosh sovrini fransiyalik Alireza Firuzjaga nasib etdi. U 9-turda oq donalarda Rameshbabu Pragnanandxa bilan durangga erishib, 6 ochko bilan turnir g‘olibiga aylandi va musobaqaning bosh sorini –100 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati