Dubaydan kelgan fuqaro 1,5 mlrd so‘mlik soatni Toshkentga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 11:04
Dubaydan kelgan fuqaro 1,5 milliard so‘mlik soatni Toshkentga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Toshkent-Aepo” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, 24 avgust kuni soat 02:40 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi tegishli tartibda tekshirildi.

Natijada unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklarasiyalanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, qiymati 1 milliard 540 million 260 ming so‘mlik 1 dona qo‘l soati borligi aniqlandi.

Jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklarasiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Mazkur tartibni buzgan fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227 19-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati