Koreya Respublikasi va AQSh maxsus kuchlari o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 11:02
Koreya Respublikasi va AQSh Seuldan 32 km uzoqlikdagi ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida maxsus kuchlar o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Mashg‘ulotlar 24-29 avgust kunlari Kyongido provinsiyasining Kvanju shahridagi poligonda “Ulchi Freedom Shield” qo‘shma mashqlari doirasida bo‘lib o‘tdi va payshanba kuni yakunlandi. Maxsus kuchlar o‘quv mashg‘ulotlarida Janubiy Koreya armiyasi maxsus operasiyalar qo‘mondonligi, havo kuchlari jangovar nazorat guruhi va AQSh 2-armiya aviasiya brigadasi vakillari ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilarni tashish uchun UH-60 va CH-47 vertolyotlaridan ham foydalanilgan. Manevrlar ishtirokchilari hududni egallash va ushlab turish, ob’ektga bostirib kirish va dushmanni yo‘q qilish harakatlarini mashq qildilar. Agentlikning qayd etishicha, mashg‘ulotlar quruqlikdagi razvedka imkoniyatlari va umumiy jangovar shaylikni oshirishga qaratilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati