• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • AQSh Xitoy bilan qarama-qarshilikning oldini olish uchun umumiy javobgarlikka ma’sulligini e’lon qildi

AQSh Xitoy bilan qarama-qarshilikning oldini olish uchun umumiy javobgarlikka ma’sulligini e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 10:56
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar va Xitoy ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilik va mojaroning oldini olish uchun birgalikda mas’uldir.

Bu haqda Oq uy ma’lum qildi.

"Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan 29 avgust kuni Pekinda Xitoy Markaziy harbiy kengashi (XMK) raisi o‘rinbosari Chjan Yuxia bilan uchrashdi va har ikki davlat raqobatning to‘qnashuv yoki qarama-qarshilikka aylanib ketishining oldini olishga mas’ul ekanini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, har ikki tomon ham so‘nggi o‘n oy davomida bu boradagi taraqqiyotni “e’tirof etgan”. Sallivan, shuningdek, “Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonida tinchlik va barqarorlik muhimligini, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Janubiy Xitoy dengizida navigasiya erkinligiga sodiqligini hamda Xitoyning Rossiyaning mudofaa sanoat bazasini qo‘llab-quvvatlashidan xavotirda ekanligini ta’kidladi”, — deyiladi Oq uy xabarida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati