O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi yangi elchisi tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 10:24
Alisher Abdusalomov Oliy Majlisi Senati Raisi Kotibiyati rahbari lavozimida ishlagan.

"Dunyo AA"ning xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi elchisi Seul shahriga keldi.

U Seulga tayinlanishidan avval O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilgan.

Alisher Abdusalomov kasbiy faoliyatini O‘zbekiston Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida (hozirgi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlab, yetakchi mutaxassislikdan Bosh boshqarma boshlig‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Jumladan, u 2013-2016 yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, 2018-2024 yillarda esa Janubiy Koreyada ham ushbu lavozimda ishlagan.

"Yangi elchi o‘zaro hamkorlikning iqtisodiy, madaniy va diplomatik jihatlariga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlarni davom ettirish niyatida",- deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Alisher Abdusalomov 1995 yildan 2024 yilgacha qisqa tanaffus bilan O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen o‘rniga tayinlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati