• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Qarindoshining sudlanganiga qarab ishga qabul qilishni rad etish kabi kamsitishlarning oldi olinadi

Qarindoshining sudlanganiga qarab ishga qabul qilishni rad etish kabi kamsitishlarning oldi olinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 10:06
Amaldagi qonun hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiqlashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi.

Senat yalpi majlisida muhokama qilingan mazkur qonun bilan 26 qonun hujjatining, jumladan, 6 ta kodeks va 20 ta qonun normalari yangilangan Konstitusiyaning 19-moddasida belgilangan qoidaga muvofiqlashtirilmoqda.

Bu qoida shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar.

Qonun bilan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligi hamda qonunga muvofiq ish olib borishi haqidagi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Yana muhim o‘zgarishlardan biri – Mehnat kodeksi va “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga qarindoshining sudlanganiga qarab ishga qabul qilishni rad etish kabi kamsitishlarning oldini olish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar ma’qullagan qonun fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati