O‘zbekiston-Ozarbayjon: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 09:10
Poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro munosabatlarni tahlil qilish markazi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston-Ozarbayjon: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari" mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda ikki mamlakatdagi xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari, tahlil markazlarining vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) direktori, i.f.d. Umid Obidxo‘jayev chiqish qilib, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning muhim yo‘nalishlari haqida to‘xtaldi.

MHTI direktori shu o‘rinda savdo-iqtisodiy aloqalarning bugungi darajasi, shuningdek, ishlab chiqarish imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda hamkorlikning bundan keyingi rivojida uchta muhim istiqbolli yo‘nalish haqida to‘xtalib o‘tdi. Ularning sirasiga qishloq xo‘jaligi, turizm va bank sektorini kiritish mumkin.

1. Qishloq xo‘jaligi. Ozarbayjon paxta xomashyosini qayta ishlash borasida katta imkoniyatlarga ega. Mamlakatda har yili kamida 270 ming tonna paxta xomashyosi ishlab chiqariladi. O‘z navbatida O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda katta tajribaga ega. Shu bois paxta-to‘qimachilik qo‘shma klasterlarining tashkil etilishi Ozarbayjonda paxtachilikning, O‘zbekistonda esa qayta ishlovchi korxonalar xomashyo bazasining rivojlanishiga turtki berishi mumkin.

Shu bilan birga qishloq xo‘jaligining rivojlanishini yer islohotlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada Ozarbayjonning muvaffaqiyatli tajribasini o‘rganish, yer uchastkalari bozorini tashkil etish va tartibga solish yer bilan bog‘liq munosabatlarni takomillashtirishda yordam beradi.

2. Turizm. Joriy yilning 2-3 may kunlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Bokuda o‘tkazilgan forumida turizm sohasdagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilingandi. Bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun turizm sohasida sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, mehmonxona biznesi uchun kadrlarni tayyorlash, sayyohlarni jalb qilish, ekofermalarni tashkil etish, ekoturizmni rivojlantirish borasida bilim va tajriba almashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadga muvofiq.
3. Bank sektori. 2023-yilda Toshkentda o‘tkazilgan forumda qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma investision fondni tashkil etish haqidagi bitim imzolangandi. Uning samarali faoliyat yuritishi mintaqalararo bank tuzilmasining mavjud bo‘lishini talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda Ozarbayjon banki filialining ochilishi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin edi. Birinchidan, bu ikki mamlakatda biznes yurituvchi kompaniyalar uchun moliyaviy operasiyalarni osonlashtiradi, ikkinchidan, tovar aylanmasining o‘sishini tezlashtiradi, uchinchidan, ikki mamlakatga ham erkin kapitalni jalb qilish imkoniyatlarini oshiradi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati