Sakki: «Yuventus» hech qachon ajoyib futbol o‘ynamagan»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 08:26
Arrigo Sakki "Yuventus" va "Milan" bosh murabbiylari ishiga baho berdi.

“Motta juda zo‘r va men buni "Bolonya"dagi mashg‘ulotlarda qatnashganim uchun aytyapman.

Ammo ikkita narsani hisobga olish kerak. Birinchidan, u hali to‘liq shakllanmagan va yosh futbolchilarni dastlabki o‘yinlarda maydonga tashlashdan qo‘rqmadi.

Ikkinchidan, tarixan «Yuventus» hech qachon ajoyib futbol o‘ynamagan. Ko‘ramiz, yangi rahbariyat Mottaga o‘zi xohlagandek ishlashga imkon beradimi? Ilgari "Yuventus" o‘z ko‘rsatkichlari tufayli emas, balki iqtisodiy va siyosiy kuch evaziga g‘alaba qozongan.

Fonsekaga kelsak, hukm chiqarishdan oldin vaqt berilishi kerak. Ishlasin, deyman. Uning Ukrainadagi jamoasi yaxshi futbol ko‘rsatdi, esimda. Ammo "Roma" ko‘rsatkich emas, u yerda ishlash juda qiyin, u yerda hech kim o‘zini ko‘rsatmaydi", - dedi "Milan"ning sobiq bosh murabbiyi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati