Turkiyalik yarim himoyachi klubini o‘zgartirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 08:20
Turkiya terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi Solih O‘zjan Germaniya Bundesligasining boshqa klubi “Volfsburg”ga o‘tdi.

Yarim himoyachi yangi klubida bir mavsumlik ijara shartnomasi doirasida o‘ynaydi.

O‘zjan 26 yoshda va 2022-yil iyulidan beri “Borussiya” safida to‘p tepadi. U "Kyoln"dan Dortmundga ko‘chib o‘tgan.

Turkning "Borussiya" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining asosiy roli markaziy yarim himoyachi, ammo u himoyaviy yarim himoyachi sifatida ham o‘ynay oladi. Transfermarkt futbolchini 10 million yevroga baholamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati