Simeone nega birinchi bo‘limdan keyinoq Alvaresni almashtirib yuborganini tushuntirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 07:58
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone “Espanyol”ga (0:0) qarshi Ispaniya Primerasining 3-turidan o‘rin olgan durangli o‘yinidan so‘ng, madridliklar jamoasining yangi futbolchisi Xulian Alvares haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa-da, tanaffus vaqtida uning o‘rnini Antuan Grizmann egalladi.

"Tanaffusda Xulian Alvaresni nega almashtirdingiz? Uning uchun hammasi juda tez boshlandi, u jamoaga endigina qo‘shildi, formaga kirishga va to‘g‘ri o‘ynashga ulgurmadi. Men uni zo‘r ishtiyoq va hissiyotlar bilan yaxshi futbolchi sifatida ko‘raman va uning kuchli tomonlarini bilaman", - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi La Nacion.

Oldinroq 24 yoshli forvardning "Manchester Siti"dan transferi madridliklar uchun 75 million yevroga tushgani va argentinalik futbolchi 2030 yilning iyuliga qadar shartnoma imzolagani xabar qilingandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati