Angliya liga kubogi. Nyukasl penaltilar seriyasida Nottingem Forestni mag‘lub etdi va boshqa natijalar

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-08-2024, 07:42
Angliya liga kubogi 1/32 finalida "Nyukasl" "Nottingem Forest"ni mag‘lub etdi. Asosiy vaqtda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynagani bois, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi – 4:3.

Asosiy vaqtda “qarg‘alar” safida Jo Uillok 1-daqiqadayoq gol urdi. Mezbonlar safida esa 50-daqiqada Jota Silva gol urdi.

Shuningdek, 28-avgust, chorshanba kuni “Vulverxempton” “Byornli”ni (2:1), “Vest Xem” “Bornmut”ni (1:0), “Sautgempton” “Kardiff”ni (5:1), “Uikomb” "Suonsi"ni (0:1), "Uimbldon" "Ipsvich"ni (3:2) yengdi. Yana bir o‘yinda "Brentford" kichik hisobda "Kolchester"ni mag‘lub etdi - 1:0.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati