Florian Virts uchun jiddiy kurash kechadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 22:26
Ikki top-klub kelasi yozda Florian Virtsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"Relevo" xabariga ko‘ra, «Bavariya» germaniyalik yarim himoyachini 2025 yilning yozida sotib olish uchun «Real» bilan raqobatlashadi.

Manbaga ko‘ra, kelasi yili «Bavariya» rahbariyati Virsni klubga olib kelish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.

«Real» ham yarim himoyachini olmoqchi, ammo buning uchun Blankosning so‘nggi yillardagi siyosatiga ko‘ra, futbolchi boshqa da’vogarlarni rad etib, Madrid klubiga o‘tishni istashi kerak. «Real Madrid» muzokaralarni auksionga aylantirmoqchi emas.

Virtsning boshlang‘ich bahosi 120 million yevroni tashkil qiladi, ammo «Bayer» futbolchini o‘zida saqlab qolishni xohlayotganini yashirmaydi. Uning Germaniya chempioni bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati