Ukraina Rossiyaga hujum uyushtirib nimalarga erishgani e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 19:48
Ukraina harbiylari 600 nafar rus askari va Kurskdagi 100 ta aholi punktini qo‘lga olganini ma’lum qildi.

Ukraina Kurskda 600 ga yaqin rus askari asirga olinganini aytdi.

Ukraina hozirda Rossiyaning Kursk viloyatidagi 1294 kvadrat kilometr va 100 ta aholi punktini nazorat qilayotganini aytmoqda.

Ukraina bosh qo‘mondoni general Aleksandr Sirskiy ham hozirgacha 594 rus askari asirga olingani va Ukraina qo‘shinlari mintaqada oldinga siljishda davom etayotganini aytdi.

Sirskiy televideniye orqali bergan chiqishida, shuningdek, Rossiya Kurskga qo‘shinlarini olib kelganini, Ukraina janubidagi faolligini kamaytirganini, bu esa Kiyev operasiyasining aniq maqsadlaridan biri ekanini aytdi.

“Kursk operasiyasi uning kuchlarining muhim qismini boshqa tomonga yo‘naltirdi", dedi u.
«Hozirgi kunda Kursk frontiga 30 mingga yaqin harbiy xizmatchilar jo‘natilganini aytishimiz mumkin va bu ko‘rsatkich oshib bormoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati