Malilik futbolchiga ko‘plab klublar og‘iz solgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 19:40
"Vulverxempton" va Mali terma jamoasi futbolchisi Bubakar Traore ko‘plab klublarning e’tiborini tortdi.

Tayanch yarim himoyachi Premyer-ligada ikki mavsum o‘tkazdi.

Futbolchi o‘zining birinchi yilida jaroxat oldi va juda kam o‘ynadi. O‘tgan mavsumda murabbiylar shtabi undan ko‘p bahslarda foydalandi va futbolchi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. 

Natijada u barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu yozda u Mali terma jamoasiga Olimpiadaning guruh bosqichidan chiqishga yordam bera olmadi.

Shunga qaramay, futbolchi barcha uchrashuvlarni almashtirishlarsiz o‘tkazdi va sardorlik bog‘ichini taqib chiqdi.

L`Équipe xabariga ko‘ra, futbolchiga "Lans", "Feyenoord" va Myonxengladbaxning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati