Sautgempton Liga 1'dan yarim himoyachi olishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 19:34
Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi, "Tuluza" a’zosi Zakariya Abuxilal faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchi o‘tgan mavsumni juda yorqin boshladi. U to‘rtta o‘yinda uchta gol urdi, ammo "Marsel"ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi.

U tizzasidan operasiya qilindi va mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi. Tarkibga qaytgan futbolchi yana bazadan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.

Endilikda, Foot Mercato xabariga ko‘ra, futbolchi "Sautgempton" vakillarini o‘ziga jalb qilgan. “Avliyolar” transfer oynasi yopilguniga qadar shartnomani yakunlash uchun futbolchini yaqin vaqt ichida sotib olishga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ingliz klubi endigina elit divizionga qaytdi va yangi mavsumni ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati