Mbappe Real Madrid tarkibini qanday o‘zgartiradi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 22:30
Kuni kecha Mbappe Telefoot nashriga intervyu berdi. Uning so‘zlaridan so‘ng nihoyat "PSJ"ni tark etishi ma’lum bo‘ldi. Hujumchi: “Mening kelajagim endi klub uchun muhim mavzu emas. Endi hech kim men bilan bu haqda gaplashmaydi”.

Va bu yozda hujumchi qayerga ketishini tushunib yetgandekmiz. "Real" uni ikki yil oldin xohlagan edi, keyin esa transfer amalga oshmay qoldi. Ikki oydan so‘ng forvardning "PSJ" bilan shartnomasi tugaydi va Mbappeni ispan grandining futbolkasini kiyishiga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Nihoyat, yangi avlodning asosiy futbolchisi o‘z miqyosiga mos keladigan chempionatda bo‘ladi. Ammo "Real Madrid" tarkib tomonidan qanday ko‘rinish olishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.



Keling, asosiy narsadan boshlaylik. Mbappening butun faoliyatini tahlil qilsangiz, uning asosiy pozisiyasi chap qanot yarim himoyachisi ekanligini ko‘rasiz. Fransuz ajoyib tezlikka ega va qanotda yugurish uchun yetarli kuchga ega. Vinisius xuddi shu pozisiyida hozir jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘lib turibdi. U shunchaki "Real"ni tark etish niyati yo‘qligini tasdiqladi. Bu holat 2003 yilda sodir bo‘lgan voqeaga o‘xshaydi. O‘shanda Luish Figu o‘ng qanotda o‘ynardi, keyin "Real" Devid Bekxem jamoaga olib kelgan edi.

Eng aniq yechimlardan biri bu 4-3-3 ga qaytish. "Real Madrid" ko‘p yillar davomida bu sxema bilan o‘ynadi va faqat o‘tgan yozda Karim Benzemaning ketishi tufayli undan voz kechdi. Albatta, Karlo Anchelotti bu variantni o‘ylaydi. Shunchaki bir fransuz hujumchisini boshqasiga almashtiringm tamom. Qolaversa, “PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike bu mavsumda Kilianni markaziy hujumchi sifatida o‘ynatdi. Ushbu konfigurasiyada Vinisius chap qanotda qoladi, o‘ngga esa Rodrigo, Brahim Diaz yoki Federiko Valverde kelishi mumkin.

To‘psiz ish hajmi tufayli uchtasining oxirgisi eng maqbul variant bo‘lib tuyuladi. Garchi ko‘pchilik raqiblar bilan Vinisius - Mbappe - Rodrigo triosini kutayotgan bo‘lishi mumkin.
“Real Madrid”ning 4-3-3 sxemasi

Ushbu rejaning bitta katta kamchiligi bor . "Real Madrid" so‘nggi paytlarda yaxshi ko‘rinmoqda. Va bu yerda, albatta, hujumkor yarim himoyachi Jud Bellingem katta hissa qo‘shadi, u o‘zining debyut mavsumida ham "Real Madrid"ning ham, butun Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati asosan yarim himoyadan jarima maydonchasiga yorib kirish edi. Agar Mbappe hujumda bo‘lsa, erkin zonalar kamroq bo‘ladi. Shunday qilib, 2-variant mavjud.
Anchelotti hozirda natija berayotgan 4-1-2-1-2 (yoki 4-4-2) sxemasida davom etishi mumkin. Ushbu taktik sxema muvozanat va jamoaviy ishlashni taminlaydi. Hozir Vinisius va Rodrigo Bellingemdan yuqoriroqda o‘ynashmoqda, kelakajda bu Vinisius va Mbappega o‘zgarish ehtimoli ham yuqori. Bitta savol - qolgan hujumchilar bilan nima qilish kerak. Rodrigo so‘nggi ikki yil ichida yaxshilandi, keyin yozda 17 yoshli Endrik keladi. Ularning Ikkalasi ham La Liga o‘yinlarining so‘nggida, shuningdek, Qirollik Kubogida asosiy tarkibda o‘ynashga harakat qilsa kerak.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati