Ukraina dronlari Rossiyaning Rostov viloyatidagi neft omborini yoqib yubordi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-08-2024, 18:58
Ma’lumotlarga ko‘ra, dron yong‘inga sabab bo‘lgan, natijada bir nechta yoqilg‘i tankerlari yonib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolarda tunda katta tankerlar yonayotgani aks etgan.
«Jabrlanganlar yo‘q. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishmoqda», — dedi Rostov gubernatori Vasiliy Golubev Telegram ilovasida.
Hujumni Rossiya xavfsizlik xizmatlariga yaqin bo‘lgan Baza Telegram kanali tasdiqladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir kechada mintaqada to‘rtta dronni yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Rostovning Proletarsk tumanidagi yana bir neft omboriga taxminan 10 kun oldin hujum qilingan. U yerdagi tankerlar hamon yonmoqda, deydi Rossiya rasmiylari.