Onana: Noyer meni boshqacha fikrlashga majbur qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 22:28
"Manchester Yunayted"dagi birinchi mavsum Andre Onana uchun oson kechmadi. Kamerunlik yomon o‘yin ko‘rsatgani uchun tanqidga uchradi, lekin asta-sekin vaziyat yaxshilana boshladi.

"Manchester Yunayted" matbuot xizmati bilan suhbatda Andre Manuel Noyer kabi bo‘lishga harakat qilayotganini aytdi:

"Kim meni ko‘proq ilhomlantirgan? Bu yaxshi savol, chunki men zamonaviy darvozabon bo‘lishni istasam, ko‘plab darvozabonlarga e’tibor berishim kerak.

Fikrimni o‘zgartiradigan darvozabonni tanlashim kerak bo‘lsa, Manuel Noyer degan bo‘lardim.Hamma gap uning o‘yiniga bog‘liq.

Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini eslayman, o‘shanda Germaniya jamoasi g‘alaba qozongan. O‘sha jahon chempionatini tomosha qilganimda, men o‘zim orzu qilgan posbonni topgandek bo‘ldim. Noyer meni boshqacha fikrlashga majbur qildi", – dedi Onana. 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati