Amerikalik poygachi Williams bilan shartnomasini bekor qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 18:18
Amerikalik poygachi Logan Sargent Williams bilan shartnomasini bekor qildi.

Joriy mavsum yakuniga qadar tailandlik Aleksandr Albonning sherigi 21 yoshli argentinalik Franko Kolapinto bo‘ladi.

U 23 yil ichida “Formula-1”dagi birinchi argentinalikka aylanadi.

Sargent so‘nggi ikki mavsumda Williams uchun harakat qildi. O‘tgan yili u bir ochko jamg‘argan bo‘lsa, bu mavsumda 23 yoshli amerikalik 15 bosqichdan so‘ng ochkosiz qoldi.

O‘tgan hafta Sargent Niderlandiya Gran-prisida uchinchi mashg‘ulotda mashinasini halokatga uchratgan, shundan so‘ng mashina yonib ketgan.

Natijada, mashina saralash uchun o‘z vaqtida tiklanmadi va amerikalik poygada 16-o‘rinni egalladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati