Urugvaylik futbolchi 27 yoshida vafot etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 18:14
Urugvayning “Nacyonal” klubi yarim himoyachisi Xuan Iskyerdo 28 yoshida vafot etdi.

“Klub Xuan Iskyerdoning vafot etganini qalbimizdagi chuqur og‘riq va hayrat bilan e’lon qiladi. Uning oilasi, do‘stlari, hamkasblari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi klub ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

Iskyerdo aritmiya tufayli nafas olishdan to‘xtab, vafot etdi.

Iskyerdo bilan bog‘liq voqea 22 avgust kuni Libertadores kubogi 1/8 finalida "San-Paulu" bilan o‘yin vaqtida yuz bergan.

27 yoshli futbolchi 84-daqiqada maydonga yiqilib tushdi. U tez yordam mashinasida maydondan olib ketilgan.

Keyinchalik kasalxona futbolchining miyasi progressiv shikastlangani va intrakranial bosim ortgani haqida xabar berdi. Futbolchi reanimasiyada vafot etdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati