Kreml Zelenskiyni rad etdi, urush esa davom etadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 17:52
Kreml Zelenskiyning urushni tugatish rejasi haqidagi gaplarini rad etdi.

Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning urushni tugatish rejasi haqidagi gapini rad etib, Rossiya Ukrainadagi «maxsus harbiy operasiyasi»ni davom ettirishini aytdi.

Zelenskiy seshanba kuni o‘z rejasini AQSh prezidenti Jo Bayden va uning ikki potensial vorislariga taqdim etishini aygan edi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Zelenskiyning rejasi haqidagi savolga «Kiyev rejimi vakillaridan bunday bayonotlarni birinchi marta eshitayotganimiz yo‘q», dedi. «Biz maxsus harbiy operasiyamizni davom ettirmoqdamiz va barcha maqsadlarimizga erishamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya hozirda 6 avgust kuni Kursk viloyatida boshlangan Ukraina bosqinini qaytarish bilan shug‘ullanmoqda va Ukraina sharqidagi Donetsk viloyatida o‘zining hujumini davom ettirmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati