Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasining g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashib, ularga davlat mukofotlarini topshirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 17:16
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari ommaviy sportni rivojlantirish milliy olimpiya harakatining ajralmas qismi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Hukumatga bu borada takliflar ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 23 avgustdagi farmoniga muvofiq, Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi faxriy unvon va ordenlar bilan taqdirlangan edi.

Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Sportchi va murabbiylar, ota-onalar so‘zga chiqib, yuksak hurmat va e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati