Qozog‘iston Prezidenti mamlakat professional sporti uchun legionerlar xizmatidan foydalanmoqchi emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 16:48
Tokayev mamlakat professional sporti uchun legionerlar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi.

Prezident asosiy e’tiborni bolalar-o‘smirlar sport maktablariga qaratish, olimpiya zaxirasini tayyorlash, ularning faoliyatini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish  kerakligiga urg‘u qaratdi. 

"Bizda 500 dan ziyod bolalar-o‘smirlar sport maktablari bor. Lekin ularning foydali koefisenti juda past.

Olimpiya zaxiralarini tayyorlashda oqsayapmiz. Bu esa natijalarning yomonlashishiga sabab bo‘lyapti. Byudjetdan ajratilayotgan mablag‘ talon-taroj qilinmoqda. Afsuski, iqtidorli murabbiylar xorijga ketib qolyapti. Ular tarbiyalayotgan boshqa davlat sportchilari qisqa fursatda yaxshi natijalarga erishmoqda.

Masalan, Parij-2024 Olimpiadasining taekvondo bahslarida Tunis terma jamoasining ikki vakili shohsupaga ko‘tarildi, ulardan biri Olimpiada chempioni bo‘ldi. Bu terma jamoani Olimpiya o‘yinlariga qozog‘istonlik murabbiy Yesbol Sultanov tayyorlagandi. Legioner sportchilar uzoq yillik muvaffaqiyatni ta’minlamaydi. Ular kelib ketadigan odamlar. Bizga o‘zimizning kadrlar kerak", — dedi Tokayev. 




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati