Superliga. 17-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-08-2024, 16:46
Joriy yilning 27 avgust sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 17-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Metallurg" - "Dinamo" to‘qnashuvi: mehmonlarning goli.

"Metallurg" - "Dinamo" uchrashuvining 45+1-daqiqasida mehmonlar hisobni ochdi. Bosh hakam Nayim Qosimov o‘yindan tashqari holat qayd etilmaganini va gol toza urilganini qayd etdi. Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda mehmonlarning 9-raqamli hujumchisi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan. Ammo u to‘p uchun harakat qilmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan bosh hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.



2-vaziyat. "Neftchi" - "Olimpik" qarama-qarshiligi: bahsli vaziyat.
"Neftchi" - "Olimpik" uchrashuvining 10-daqiqasida mehmonlar jarima maydoni ichida maydon egalarining 20-raqamli futbolchisi toshkentliklarning 18-raqamli futbolchisining qorin qismiga zarba berdi. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov futbolchini og‘zaki ogohlantirdi.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda farg‘onaliklar vakili raqibiga nisbatan atayin qo‘pol harakat qilgan. Mazkur holatda futbolchi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.

3-vaziyat. "Lokomotiv" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati